Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 2-sonli talabalar turar joyidagi Axborot-resurs markazi shaxobchasida "Ma'rifat ulashib"loyihasi asosida elimiz ardog'idagi shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Adabiy kechada O'zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi , shoir Bobur Bobomurod, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir va tarjimon Humoyun adabiyot ixlosmandlari bilan muloqat qildi. Adiblar bilan uchrashuv mushoira va adabiy munozaralarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Uchrashuvdan maqsad yoshlarning dunyoqarashini va ma'naviyatini yuklsaltirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirish. Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv ko'ngillarga zavq-shavq bag'ishladi. Tadbirda institut rektori O.Sh. Bozorov, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Xayriddinov, ARM xodimlari professor-o'qituvchlar, tyuterlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
04.10.2024y
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 2024-2025 yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan institutni 1-bosqich talabalarini Axborot-resurs markaziga tashrifi bo'lib o'tmoqda
Mazkur uchrashuvda ARM axborot-resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo'limi mudirasi S.Xoliqova talabalarga Axborot-resurs markazi faoliyati, undagi adabiyotlar va ARMda mavjud elektron saytlar, internet web tarmoqlaridan foydalanishlari mumkinligini tushuntirdilar. Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko'rsatish bo'limi mudirasi N.Barotova 1-bosqich talabalarni Axborot-resurs markaziga a'zo bo'lishlari va foydalanish tartib-qoidalari bilan batafsil tanishtirib o'tdilar. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, ularni fikr va mulohazalari tinglandi. O'quv yili davomida Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan kitobxonlik targʻibotida, turli tanlovlar, bellashuvlar tashkil etilishi va ushbu tadbirlarda talabalarni faol bo'lishga chorladilar.
25.09.2024y
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakultetiga qarashli 5-sonli talabalar turar joyida "Kitobxonlik va she'riyat" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 5-sonli talabalar turar joyida tashkil etilgan Axborot-resurs markazi shaxobchasining ochilish marosimi hamda Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda institut rektori O.Sh. Bozorov, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Xayriddinov, ARM raxbari N.Samsiyeva va professor-o'qituvchilar, tyuterlar, talabalar hamda ARM xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida el ardogʻidagi ijodkor– Rahimboy Jumaniyozov bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi, hamda talabalar tomonidan Muhammad Yusuf hayoti va ijodidan lavhalar taqdim etildi.
29.04.2024y
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Axborot-resurs markazi hamda Neft va gaz fakulteti hamkorligida "Jadidlar merosi- kelajagimiz poydevori" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi
Tadbirda talabalar tomonidan qatag'on yillari voqealari haqidagi sahna ko'rinishlari namoish qilindi. Qodiriy, Fitrat, Avloniy, Usmon Nosir kabi jadidlar siymosi gavdalantirildi. Jadidlar ijodidan she'rlar aytilib, qo'shiqlar kuylandi.Tadbirda institut rektori O.Sh. Bozorov, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Xayriddinov, ARM raxbari N.Samsiyeva va professor-o'qituvchilar, tyuterlar, talabalar hamda ARM xodimlari ishtirok etdilar. Millat maʼnaviyati, xalqimiz erkinligi, qadriyatlarimiz bardavomligi yoʻlida jon fido etgan jadidlar merosini oʻrganish, ular jasoratini anglash har bir yosh uchun juda muhim.
27.02.2024y
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Axborot-resurs markazi tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida talabalar o'rtasida"Eng yaxshi kitobxon talaba" ko'rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko'rik-tanlov ishtirokchilari tomonidan"Men sevib o'qigan asar" nomi ostida o'zi sevib o'qigan asar bo'yicha qisqacha taqdimot yoki boshqa mutoola madaniyatini targ'ib etuvchi usullar orqali ma'lumot berildi.Tanlovda G'oziyev Giyosiddin A.Qodiriy"O'tgan kunlar", Umrzoqov Diyorbek"Yumshoq kuch", Yormuhammedov Mansur Ch.Aytmatov"Oq kema", Mengliqulov Jonibek O'.Hoshimov"Dunyoning ishlari", Ismoilava Gulrux Cho'lpon"Kecha va Kunduz", Egamberdiyev Rashidbek Ch.Aytmatov"Qiyomat", Bo'riyeva Farangiz Teodor Drayzer"Baxti qaro Kerri", Jumaboyev Rashid O'.Umarbekov "Odam bo'lish qiyin", Yusupov Muxammadamin J.London"Hayotga muhabbat", Abdunazarova Saida O'.Hoshimov"Ikki eshik orasi", Hayitova Sevinch E.Gulmver"Pompiyaning kunlari", Berdiyorov Ulug'bek J.Jovliyev"Qo'rqma"asarlarining qisqacha mazmuni haqida ma'lumot berdilar.Tanlov so‘nggida, g'oliblar, nominatsiyalar bo'yicha faxriy yorlig'i hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
20.12.2023y
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Axborot-resurs markazi tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida “Tilga eʼtibor-elga eʼtibor” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Energetika fakulteti rahbariyati, institut axborot-resurs markazi xodimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Rajabov, Qarshi davlat universiteti “Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi” kafedrasi dotsenti Sherzod Akramov, Xalqaro innovatsion universitet “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Javlon Egamberdiyev, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.Ushbu tadbirni Energetika fakulteti dekani Aloviddin Saʼdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Energetika fakulteti talabаlari tomonidan sheʼrlar o‘qilib, ular tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Shu bilan birgalikda Qarshi sanʼat maktabi maqomchilari ijrosida kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.
19.10.2023y
Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti Аxborot -resurs markazi tashabbusi bilan Rauf Parfi tavalludining 80 yilligi hamda ustoz va murabbiylar kuniga bag'ishlab "Ustozlarimiz hurmati ajdodlarimiz merosi"deb nomlangan tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirni institut o'quv ishlari bo'yicha prorektori Ibrat Ismoilov kirish so'zi bilan ochib, institutda faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarni samimiy tabrikladi. ARM xodimlari tomonidan Rauf Parfi ijodidan monolog va she'rlar o'qib eshittirildi. Energetika fakulteti talabalari tomonidan Rauf Parfi hayot yo'liga bag'ishlangan sahna ko'rinishi moxirlik bilan ijro etilib tomoshabinlar etirofiga sazovor bo'ldi. Shuningdek tadbirda ustoz va murabbiylarni madh etuvchi qo'shiq va she'rlar aytildi.
Tadbir so'ngida ARM rahbari J.M.Mirzayeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. Axborot-resurs markazining nafaqada bo'lgan ustoz xodimlariga qimmatbaho sovg'alar berildi.
29.09.2023y
Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti Аxborot -resurs markazi bilan tanishish maqsadida institutning 1-bosqich talabalari va ota-onalarini tashrifi davom etmoqda.
Mazkur uchrashuvda talabalar Axborot-resurs markazi faoliyati, undagi adabiyotlar va ARMda mavjud elektron saytlar, internet web tarmoqlaridan foydalanishlari tushuntirildi. Axborot-resurs markazi bilan tanishish maqsadida kelgan 1-bosqich talabalarining ota-onalarini fikr-mulohazalari tinglandi, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Uchrashuv so'ngida ARM rahbari J.M.Mirzayeva ota-onalarga farzandlari bilim olishlari uchun Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Axborot-resurs markazida barcha shart-sharoit borligini va undan oqilona foydalanish kerakligini aytib o'tdi.
15.09.2023y
Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti Аxborot -resurs markazi bilan tanishish maqsadida institutning 1-bosqich talabalari tashrifi bo'lib o'tmoqda.
Tashrif davomida ARM xodimlari N.Baratova, X.Tillayeva, M.Saitova va S.Xoliqovalar tomonidan talabalarni Axborot-resurs markaziga a'zo bo'lishlari va foydalanish tartib-qoidalari bilan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar ARMda mavjud bo'lgan darslik, o'quv qo'llanma, badiiy adabiyotlar, ilmiy va institut professor o'qituvchilari tomonidan yozilgan adabiyotlar bilan tanishtirildi.
Institutning 1-bosqich talabalari ARMda yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun bo'ldilar.
8.09.2023y
Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti Аxborot -resurs markazining tashabbusi bilan oʼtkazilayotgan "Eng yaxshi kitobxon talaba"ko‘rik-tanlovining institut bosqichi 2-sonli talabalar turar joyida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov institutning talabalar turar joylarida istiqomat qilayotgan yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib, yakuniy-institut bosqichida qatnashish imkoniga ega boʻlgan 7 nafar talaba o‘z iqtidorini namoyish etdi. Ishtirokchilar tavsiya etilgan badiiy asarlar bo‘yicha sahna ko‘rinishlari, videolavhalar, slaydlar orqali o‘qigan asarlarini yoritish bilan bir qatorda o‘z taassurotlari hamda asar mazmuni haqida so‘zlab berdilar. Tanlov yakuniga ko‘ra, sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi Farida Safarova 1-o‘rinni egalladi va eng yaxshi kitobxon talaba nomiga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, geologiya va konchilik ishi fakulteti talabasi Rashid Egamberdiyev ikkinchi, elektronika va avtomatika fakulteti talabasi Karim Jabborov uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar diplomlar, pul mukofotlari, faol ishtirokchilar esa faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
31.05.2023y
Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti Аxborot -resurs markazining tashabbusi bilan oʼtkazilayotgan "Eng yaxshi kitobxon talaba" tanlovining birinchi bosqichi institut talabalar turar joylarida juda qiziqarli ravishda boʼlib oʼtmoqda.
Jumladan, 4-aprelь kuni institutning iqtisodiyot fakulьtetidagi talabalar turar joyining maʼnaviyat zalida tanlovning navbatdagi bosqichi boʼlib oʼtdi. Tadbirni fakulьtet dekan oʼrinbosari K. Mirzaev ochib berdi. Institut Аxborot -resurs markazi direktori F.Norqobilova yoshlarni kitobga boʼlgan qiziqishini yana ortib borishida bunday maʼnaviy -maʼrifiy tadbirlarning juda oʼrni beqiyosligi , bu borada Аxborot -resurs makazi jamoasi hamda institutimiz rahbariyati yoshlarni qoʼllab quvvatlashga doim tayyor ekanligi haqida gapirib oʼtdi.Tadbirda talabalar oʼzlari oʼqib kelgan asarning mazmun va mohiyatini hamda asardan olgan maʼnaviy ozuqa va asarning tarbiyaviy ahamiyatini soʼzlab berish bilan bir qatorda asarni video lavha orqali yoritib berishga harakat qildilar. Tanlovda 5 nafar talaba ishtirok etdi. Iqtisodiyot fakulьteti talabalari Nomozov Bekjon va Tangriev Аbdurahmon tanlovning keyingi bosqichiga ishtirok etishga muvaffaq boʼldilar. Tanlov ishtirokchilari Qarshi muhandislik iqtisodiyoti instituti rahbariyati hamda Аxborot - resurs markazining faxriy yorligʼi va sovgʼalari bilan taqdirlandilar.
05.04.2023y
Qarshi muhandislik -iqtisodiyot instituti Аxborot -resurs markazining tashabbusi bilan oʼtkazilayotgan "Eng yaxshi kitobxon talaba" tanlovining birinchi bosqichi institut talabalar turar joylarida juda qiziqarli ravishda boʼlib oʼtmoqda.
Jumladan, 30 -mart kuni institutning Geologiya va konchilik fakulьtetidagi Аxborot -resurs markazida tanlovning navbatdagi bosqichi boʼlib oʼtdi. Tadbirni fakulьtet dekan oʼrinbosari M. Аllanazarov ochib berdi. Tadbirda talabalar oʼzlari oʼqib kelgan asarning mazmun va mohiyatini hamda asardan olgan maʼnaviy ozuqa va asarning tarbiyaviy ahamiyatini soʼzlab berish bilan bir qatorda asarni video lavha va sahna koʼrinishlari orqali yoritib berishga harakat qildilar. Tanlovda 7 nafar talaba ishtirok etdi. Ekologiya yoʼnalishi 2-bosqich talabalari Erdonova Diyora, Farxodova Mohina va Geodeziya kartografiya yoʼnalishi 2-bosqich talabasi Egamberdiev Rashid tanlovning keyingi bosqichiga ishtirok etishga muvaffaq boʼldilar. Tanlov ishtirokchilari Qarshi muhandislik iqtisodiyoti instituti rahbariyati hamda Аxborot - resurs markazining faxriy yorligʼi va sovgʼalari bilan taqdirlandilar.
30.03.2023y
14-mart kuni Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti 2-talabalar turar joyida "Eng faol kitobxon talaba" tanlovining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda 5 nafar talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar sahna ko‘rinishlari hamda o‘z fikrlari orqali tomoshabinlarga o‘qigan asarlarini yoritib berishga harakat qildilar. Hakamlar tomonidan kitobxonlarning chiqishlari munosib baholanib ular institutimiz rahbariyati hamda Axborot - resurs markazi tomonidan faxriy yorliq hamda sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Energetika fakulteti 4-kurs talabasi Quronboyev Mirabbos ,3-kurs talabasi Nurmatov Otabek institut miqyosida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldilar. Barcha tanlovda ishtirok etayotgan kitobxon talabalarimizga omad tilab qolamiz.
14.03.2023y
3- mart kuni Qarshi Muhandislik iqtisodiyot instituti 1-sonli talabalar turar joyida "Eng yaxshi kitobxon talaba" ko‘rik tanlovining 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 8 ta talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar sahna ko‘rinishlari, video lavhalar,slaydlar orqali o‘qigan asarlarini yoritib berish bilan bir qatorda asardan olgan taassurotlari hamda asar mazmuni haqida so‘zlab berdilar. Tanlovda iqtisodiyot fakulteti 3-kurs talabasi Mustafoyeva Nozliya,Elektronika va avtomatika fakulteti 2-kurs talabasi Jabborov Karim, Muhandis texnika fakulteti 3-kurs talabasi Saydullayev Odiljon,Sanoat texnologiya fakulteti 3-kurs talabasi Safarova Farida keyingi bosqichga qatnashish imkoniga ega bo‘ldilar. Barcha tanlov ishtirokchilari institut rahbariyati hamda Axborot-resurs markazi tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
03.03.2023y
“Ajdodlardan meros – maqom san’atim”
Iqtisodiyot fakultetida mazkur fakultet va institut axborot-resurs markazi hamkorligida “Ajdodlardan meros – maqom san’atim” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda rektor maslahatchisi Nasim Jo‘rayev, fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, guruhlar murabbiylari, ARM xodimlari va talabalar ishtirok etdilar.
Iqtisodiyot fakulteti talabalari va axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan “O‘tkan kunlar” romani asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, shuningdek she’r, qo‘shiq va raqslar o‘zgacha ijrosi va jozibasi bilan tomoshabinlar olqishi va mehriga sazovor bo‘ldi.
28.02.2023y
4-sonli talabalar turar joyida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz - Vatan uchun" shiori ostida kitobxon yoshlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
📚 Talaba uchun eng yaxshi do‘stlardan biri kitobdir. Xoh u ilmiy, badiiy asar yoki darslik bo‘lsin, mukammal bilim olishni, yaxshi mutaxassis bo‘lishni istagan yoshlar, albatta, kitobga suyanadilar. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi talabalar elektron kutubxonadan foydalanish ko‘nikmasiga ega emas. Tadbirda shu xususda va “Eng yaxshi kitobxon talaba” kabi tanlovlarda ishtirok etish tartibi haqida keng tushuncha berildi.
"Elektron kutubxona"platformasi
5- ttj talabalariga
" Eng yaxshi kitobxon talaba" xamda "Ingliz tili" va " Kompyuter savodxonligi " kurslari haqida tushuncha berildi. Talabarni qiziqtirgan savollarga ARM bo'lim mudiri Mirzayeva Jumagul hamda Xoliqova Sevara tomonidan batafsil ma'lumot berildi.
Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi.
Mamlakatimizda 9-fevral buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludi keng nishonlash an’anaga aylangan. Bu yil bobokalonimiz tavalludining 582 yilligi keng nishonlanadi. Alisher Navoiy o‘zining boy ma’naviy merosi, shoh asarlari, nodir devonlari, betakror g‘azal va dostonlari bilan bashariyat tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan. Chunki alloma qalamiga mansub, yuksak mahorat va betakror so‘z san’ati ohangida yaratilgan, ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho ijod namunalari asrlar osha o‘z mazmun va sayqalini yo‘qotmay, ulkan ma’naviy meros va adabiyotimiz gultojiga aylangan.
Shu munosabat bilan Axborot-resurs markazi hodimlari va talabalar Hazrat Navoiyning bazi g’azallarini yodga olishdi.
3-son talabalar turar joyida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz – Vatan uchun” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
Davomini o'qish uchun havola ustiga bosing. Mazkur talabalar turar joyida tashkil etilgan mo‘jaz kutubxonaning ochilish marosimiga bag‘ishlangan bu tadbir zo‘r kayfiyatda, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Azamat Xayriddinov, geologiya va konchilik ishi fakulteti dekani To‘lqin Yorboboyev, institut axborot-resurs markazi direktori Feruza Norqobilova, ushbu markaz xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Yangi kutubxonada hozirda 1300 donadan ortiq badiiy, siyosiy va ilmiy asarlar jamlangan bo‘lib, bu adabiyotlar talabalarning bo‘sh vaqti mazmunli o‘tishiga, darslarni puxta o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi.
Joriy yilning 10-fevral sanasida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 1-sonli talabalar turar joyida Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan shoh va shoir Z.M.Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan “Mirzo Bobur qalbida vatan madhi” nomli badiiy-adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechani institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.Hayriddinov ochib berdi. Tadbir davomida shoir hayotiga bag‘ishlangan, yurt sog‘inchi va vatanga muhabbatni aks ettiruvchi video rolik mehmonlar diqqat markaziga havola etildi. ARM xodimlari tomonidan tayyorlangan she’riy kompozitsiyada Bobur g‘azallari va ruboiylari madh etildi. Institut talabalari ijrosidagi “Yurt sog‘inchi” nomli sahna ko‘rinishi barchaga behad manzur bo‘ldi. Juda fayzli va mazmunli o‘tayotgan tadbirga “Meni top va yutib ol” kitoblar shousi o‘zgacha qizg‘inlik olib kirdi. Ushbu shouda rasmlar ortida mashhur asar nomlari yashiringan bo‘lib, buni topgan talaba yoshlarga esdalik sovg‘alari ulashildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.